KXDR Janubiy Koreyaning chegaradagi Keson sanoat parkida ish jarayonini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorini “urush e’lon qilinishi” deb baholadi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligiga tayanib, Reuters ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Pxenyan mazkur hududdan Janubiy Koreyaning barcha fuqarolarini chiqarib yuborish, jihozlarni esa o‘ziga olib qolishni rejalashtirmoqda. Texnopark endi harbiylar tomonidan nazorat etilishi e’lon qilindi. Shuningdek, KXDR chegara yaqinidagi maxsus aloqa liniyalari faoliyatini to‘xtatdi.
Shimoliy Koreya 2014-yilda Keson texnoparki tufayli 86 million dollar ishlab topgandi.
Izoh (0)