GM Uzbekistan siqilgan gazda ishlovchi gaz-ballon uskunasi bilan jihozlangan Lacetti avtomobillarini seriyali ishlab chiqarish boshlanganini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Ikki yoqilg‘ili tizimda ishlash uchun moslashtirilgan kuchaytirilgan dvigatel samarali ishlashi uchun GM Korea bilan avtomobilning zarur sinovlari o‘tkazildi. GM Uzbekistan zavodida o‘rnatiladigan gaz-ballon uskunasi Italiyaning Faber (ballonlar) va “O‘zavto-Landi Renzo” qo‘shma korxonasi (kapot osti jihozi uchun ehtiyot qismlar) tomonidan yetkazib beriladi.
Gaz-ballon qurilmasi bilan jihozlangan avtomobil benzin va gaz bilan to‘ldirilgach, 1130 kilometr yurishi mumkin. Jumladan, 850 kilometr benzinda va 280 kilometr gazda (shahar ichida 230 kilometr). Avtomobil avtomatik tarzda gazdan benzinga (gaz tugagan taqdirda) va benzindan gazga o‘tadi.
Gaz-ballonli uskuna bilan jihozlangan Lacetti avtomobillari narxi hozircha ma’lum qilinmagan.
Izoh (0)