Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr ayni paytda Suriyada quruqlikdagi operatsiya imkoniyati muhokama qilinayotganini aytdi, deb yozadi “RBK”. Uning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni IShIDga qarshi kurashish uchun maxsus topshiriqli bo‘linmalarni yuborishga tayyor.
“AQSh rahbarlik qilayotgan koalitsiya tomonidan Suriyada quruqlikdagi operatsiyani o‘tkazish masalasida muhokama olib borilmoqda. Va Saudiya Arabistoni, bunday operatsiya tasdiqlangan taqdirda, o‘z maxsus bo‘linmalarini taqdim etishga shayligini bildirdi”, — dedi vazir. U Suriyaga nechta jangchi yo‘naltirilishiga aniqlik kiritmadi.
Odil al-Jubayr bunday bayonot bilan AQSh davlat kotibi Jon Kerri bilan uchrashuvdan so‘ng chiqish qildi. Ular muzokaralar davomida asosan Suriya va Yamandagi nizolar haqida suhbatlashdi.
Izoh (0)