Germaniya kansleri Angela Merkel Rossiyaning qo‘llab-quvvatlashi ostida Bashar Asad kuchlarining Suriyadagi harbiy harakatlaridan g‘azablanmoqda, deb xabar beradi “Vedomosti”.
“So‘nggi bir necha kun ichida o‘n minglab odamlar portlashlar, shu jumladan, Rossiya tomonidan bo‘layotgan bombardimonlardan qanchalar aziyat chekayotganini ko‘rib, nafaqat hayratdamiz, balki g‘azablanyapmiz ham”, — dedi Merkel Anqarada Turkiya bosh vaziri Ahmet Davuto‘g‘li bilan uchrashuvdan so‘ng.
Merkel yana Suriyadagi barcha nizolashayotgan tomonlar BMT Xavfsizlik Kengashining suriyalik tinch aholi vakillari xavfsizligiga bog‘liq rezolyutsiyasiga amal qilishi kerakligini ta’kidlab o‘tdi.
“Unda Xavfsizlik Kengashi barcha tomonlar tinch aholi va fuqarolik obyektlariga qarshi zarbalarni darhol to‘xtatishi, har qanday turdagi quroldan foydalanishdan voz kechishi, havodan bombardimon qilmasligi talab etilgan”, — deb qo‘shimcha qildi kansler.
Izoh (0)