Germaniyaning Bavariya federal yerida ikki poyezdning ro‘paradan to‘qnashuvi natijasida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, odamlar halok bo‘lgan va tan jarohati olgan. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Agence France-Presse ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 100 kishi jabrlangan. Focus nashrining yozishicha, hodisa oqibatida sakkiz kishi halok bo‘lgan. Sky News’ning mahalliy politsiyaga asoslanib xabar berishicha, 150 kishi tan jarohati olgan, ulardan kamida 10 nafarining ahvoli og‘ir.
To‘qnashuv Bad-Aybling shahri yaqinida yuz bergan.
Izoh (0)