Samarqandda 7-fevral, yakshanba kuni havo harorati +22,2 darajagacha ko‘tarildi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Bu 7-fevraldagi kuzatuvlar tarixida qayd etilgan avvalgi, 2006-yilgi rekord (+20,7 daraja) haroratdan +1,5 darajaga yuqori.
Ma’lumot uchun, 7-fevral kuni Toshkent shahrida havo harorati +23,4 darajagacha (rekord 2006-yilda — +24,2 daraja), Termiz shahrida +20,5 darajagacha (rekord 2006-yilda — +21,9 daraja) ko‘tarildi, Nukus shahrida +6,5 darajani qayd etdi (rekord 2013-yilda — +14,2 daraja).
Samarqand shahrida 2016-yil 20-yanvar kuni ham havo haroratining iliqligi bo‘yicha rekord o‘rnatilgani haqida avvalroq xabar berilgan edi. Shunga o‘xshash rekordlar joriy qish mavsumida Toshkent, Termiz va Nukus shaharlarida ham qayd etildi.
Izoh (0)