Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on AQShning suriyalik kurdlarni qo‘llab-quvvatlagani uchun Anqara va Vashington o‘rtasidagi ishonch pasayganini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
U AQSh prezidentining maxsus vakili Brett Makgurkning suriyalik kurdlarning “Demokratik ittifoq” partiyasi nazorat qiladigan Kobani shahriga tashrifini tanqid ostiga oldi.
Erdo‘g‘on AQShning ushbu vaziyatdagi hamkori kim ekanligini tushunmayapti — Anqarami yoki Kobanidagi jangarilar?
Turkiya prezidenti ular uchun “Demokratik ittifoq” partiyasi ham terrorchilik tashkiloti hisoblanishini aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya uchun Kurdiston ishchi partiyasi ham, “Demokratik ittifoq” ham — bir narsaning o‘zi.
Izoh (0)