Dublin shahridagi mehmonxonalarning birida noma’lum shaxslar tomonidan sodir etilgan otishma oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, ikki kishi yaralandi. Bu haqda Associated Press bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, hodisa bellashuvdan bir kun oldin o‘tkaziladigan vazn o‘lchash marosimiga yetib kelgan boks ishqibozlari to‘plangan, Irlandiyaning shimolidagi Regency Hotel mehmonxonasida yuz bergan.
Ta’kidlanishicha, hujum qilganlar maxsus harbiy kiyim kiygan holda, avtomatlar bilan qurollangan bo‘lgan.
Izoh (0)