“Real” futbolchisi Krishtianu Ronaldu, taqiqlarga qaramay, “Espanyol”ga qarshi g‘alabani nishonlash maqsadida Marokashga safar qilgan haqida OAVlar tarqatgan xabar asossiz bo‘lib chiqdi, deb yozadi “Stadion.uz”.
Krishtianu Marokashga do‘sti bilan uchrashish maqsadida emas, tadbirkorlik ishini (mehmonxona ochish bo‘yicha) yo‘lga qo‘yish uchun borgan. Boz ustiga, portugaliyalik futbolchi oila a’zolari bilan birgalikda safar qilgan. Bu haqda Ronaldu Instagram orqali xabar qildi. “Tadbirkorlik rivojlanmoqda. Rahmat, Marokash!” — deb yozdi u.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronalduning har hafta Marokashga — kikbokschi do‘sti Badr Harining oldiga borib kelishi “Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan va klub prezidenti Florentino Peresga ma’qul kelmagan va ular futbolchidan bu kabi sayohatlarni to‘xtatishni so‘ragandi.
Izoh (0)