Yaponiya Tashqi ishlar vaziri Fumio Kisida KXDRning sun’iy yo‘ldoshli raketa uchirmoqchi bo‘layotganligi yuzasidan e’tiroz bildirganligini bayon qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Yaponiya parlamenti quyi palatasining budjet ishlari bo‘yicha qo‘mitasining majlisida ishtirok etgan vazir, e’tiroz xati Pekindagi elchixona orqali yuborilganligini ma’lum qildi.
Davlatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar yo‘lga qo‘yilmaganligi sababli, Tokioda KXDRning elchixonasi yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiya qurolli kuchlari Shimoliy Koreya tomonidan ballistik raketa uchirilishi ehtimoliga javoban quruqlikdagi komplekslar va raketaga qarshi himoya tizimiga ega kemalarni jangovar holatga keltirganligi xabar qilingan edi.
Izoh (0)