Niderlandiyaning shahar tashqarisi uchun mo‘ljallangan olti o‘rinli WePod avtobusi yo‘lovchilarni jamoatchilik yo‘llarida tashib o‘tgan dunyodagi birinchi haydovchisiz transport vositasi bo‘ldi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
U hozircha soatiga 8 kilometrgacha tezlikda harakatlana oladi.
Ayni paytda bo‘lajak avtomatik avtoparkning ilk avtobuslaridan biri Niderlandiyaning Vageningen shaharchasida yo‘lning 200 metrlik hududida qatnamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avtobuslar Shveysariyaning EasyMile kompaniyasi tomonidan yaratilgan avtomobillarning zamonaviylashtirilgan versiyasi ekanligi xabar berilgan edi. Avtobusning harakati dispetcherlar tomonidan doimiy ravishda kuzatib turiladi. Haydovchisiz avtobuslar GPS ma’lumotlaridan foydalanadi.