Suriya poytaxti Damashqda yuz bergan uchta terakt qurbonlari soni 76 kishiga yetdi, 110 kishi yaralandi. Bu haqda Suriya ichki ishlar vazirligi bergan ma’lumotlarga asosan “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, poytaxtdagi shialarning Saida Zaynab nomli mahallasida 31-yanvar, yakshanba kuni uchta portlash yuz berdi. Terrorchilar avtomashinaga o‘rnatilgan portlovchi moslamani masofadan turib ishga tushirib birinchi teraktni sodir etgan va shu vaqtda yana bir terrorchi-xudkush o‘zini yo‘lovchi avtobusida portlatib yuborgan. Bir necha daqiqadan keyin, yana boshqa bir xudkush o‘zini portlatib yuborgan.
“Al Jazira” telekanalining ta’kidlashicha, yuz bergan teraktlarni IShID guruhi o‘z zimmasiga oldi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur teraktlarning qurbonlari 60 kishidan oshganligi xabar qilingan edi.
Izoh (0)