Checheniston respublikasi rahbari Ramzan Qodirov Xalq ozodligi partiyasi yetakchisi Mixail Kasyanov “nishonga olingan” videoni Instagram’dagi sahifasiga joylashtirdi. Bu haqda “RBK” xabar beradi.
“Kasyanov Rossiya muxolifatiga pul uchun Strasburgga yetib keldi. Kim tushunmagan bo‘lsa, u tushunib oladi”, — deyiladi xabarda.
Xalq ozodligi partiyasining rais o‘rinbosari Ilya Yashin Qodirovning xabarini “qotillikka tahdid” deb atadi.
12-yanvar kuni Qodirov tizimdan tashqari muxolifatga nisbatan keskin fikr bildirgan edi. U muxolifat vakillariga nisbatan “xalq dushmani”ga bo‘lgani kabi munosabatda bo‘lishga chaqirgan edi. Checheniston rahbarining ushbu so‘zlari qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.
https://www.youtube.com/watch?v=hh1--hM9o1o
Izoh (0)