“Barselona” hujumchisi Lionel Messi afg‘onistonlik besh yoshli Murtazo Ahmadiy bilan uchrashishga tayyor, deb xabar qiladi “Chempionat”.
Oldinroq internetda Ahmadiyning polietilen paketdan Messining futbolkasini yasab olgan surati tarqalib ketgandi. Avvaliga bu bola Iroqda yashashi haqida xabarlar tarqalgandi, ammo oxir-oqibat uning afg‘onistonlik ekanligi ma’lum bo‘ldi. Argentina terma jamoasi futbolchisi bolakay bilan uchrashishga rozilik bergan.
“Afg‘oniston futbol federatsiyasi rahbariyati Messi va ‘Barselona’dan uchrashuv xususida xabar oldi”, — dedi federatsiya matbuot kotibi Sayid Ali Kozimiy.
Izoh (0)