Toshkent shahar hokimligi Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti, Davlat soliq qo‘mitasi, Avtomobil va daryo transporti agentligi hamda Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda nolegal taksi haydovchilarini aniqlash ishlari bajarilmoqda. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar berdi.
Departament bosh mutaxassisi Dilshod Fayzullayevning ma’lum qilishicha, 2015-yilda yo‘lovchi tashish qoidalarini buzish bilan bog‘liq 21 mingga yaqin holat aniqlangan.
Bular orasida yo‘lovchilar tashish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lmaganlar soni 2 mingtani tashkil qiladi.
Shuningdek, departament tomonidan haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan, avtomobil texnik holatidan xabar beruvchi tegishli hujjat va sug‘urta shartnomasi mavjud bo‘lmagan 6 mingga yaqin holat aniqlandi.
Avvalroq Toshkent shahrida ishlayotgan taksi korxonalari soni 200 ga yaqinlashgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)