Moskvadagi Strominka ko‘chasida joylashgan tikuv sexida yuz bergan yong‘in oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Alanga 3 ming kvadrat metr maydonni qamrab olgan, 500 kvadrat metr atrofidagi tom qulab tushgan. Yong‘inga nima sabab bo‘lgani aniqlanmoqda. Elektr simlarining qisqa tutashuvi taxminlardan biri sifatida ko‘rilmoqda.
Ayni paytda yong‘in bartaraf etilgani aytilmoqda.
Izoh (0)