Sanksiyalar bekor qilingandan so‘ng, Eron yanvar oyi davomida Yevropa va Osiyodagi xaridorlarga oltita supertanker neftni sotishga ulgurdi. Uning Yevropadagi birinchi xaridori Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi bo‘linmasi bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lumotiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar beradi.
Eron neft sohasidagi manbaning ma’lum qilishicha, uch supertanker neft Yevropadagi, yana uchtasi Osiyodagi xaridorlarga sotilgan.
Sanksiyalar bekor qilingandan keyin “Lukoyl”ning savdo bo‘linmasi hisoblangan Litasco kompaniyasi Yevropadagi birinchi xaridor bo‘ldi. Litasco “Lukoyl”ga qarashli, Ruminiyada joylashgan Petrotel neftni qayta ishlovchi zavodga Eronning bir million barrel yengil neftini yetkazib beradi. Neftning ushbu partiyasi Erondagi terminaldan 5-fevral kuni yuklanadi.
“Eron neft qazib olishni sutkasiga kamida 500 ming barrelga oshirdi. Yevropalik xaridorlar bilan uchta shartnoma imzolangan… Eron, shuningdek, Osiyo, ayniqsa Hindistondagi an’anaviy mijozlari bilan muzokaralar olib bormoqda”, — deyiladi Erondagi neft eksporti bilan tanish manbada.
Izoh (0)