“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi 2016-yilning uchinchi choragida ikkita Boeing-787 Dreamliner samolyotini qabul qilib oladi, deya xabar bermoqda UzDaily.
Milliy aviatashuvchi ayni paytda joriy yilning sentabr—noyabr oylarida yetkazib beriladigan dastlabki ikkita Boeing-787 Dreamliner samolyotlarini ishga tushirishga tayyorlanmoqda.
Yangi samolyot uzoq va o‘ta uzoq xalqaro yo‘nalishlarda foydalaniladi hamda Toshkent—Nyu-York yo‘nalishi bo‘yicha qo‘nilmaydigan parvozlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Avvalroq Milliy aviakompaniya texnik mutaxassislarini Boeing-787 Dreamliner dasturi bo‘yicha qayta o‘qish uchun AQShga yuborgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)