Norvegiyalik fizik Andreas Val maqola va ma’ruzalar o‘rniga tabiat qonunlarini o‘z tanasi yordamida namoyish etishni afzal ko‘rdi. U suv ostida qorniga qarata avtomatdan o‘q uzdi. Bu jarayonni Norvegiyaning NRK teleradiokompaniyasi videoga oldi, deb xabar beradi CNET.
Avtomat basseyn ostida Valdan bir necha metr masofadagi maxsus uchoyoqqa o‘rnatildi. Fizik ikkinchi uchi tepkiga bog‘langan arqondan tortib, o‘q uzdi.
Olimga hech narsa qilmadi. Suv havoga qaraganda zichroq bo‘lganligi uchun o‘qning tezligi otilgan zahotiyoq odam uchun xavfsiz tezlikkacha pasayadi.
https://www.youtube.com/watch?v=tzm_yyl13yo
Izoh (0)