Melburn shahrida “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionatining o‘smirlar o‘rtasidagi musobaqasida yettinchi raqam ostida tasniflangan Jo‘rabek Karimov turnirning chorak final ishtirokchisiga aylandi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
O‘zbekistonlik tennischi uchinchi davra uchrashuvida koreyalik Chang-Yon Oxga qarshi kortga chiqdi va raqibini 6:4, 6:2 hisobida taslim etdi. Uning yarim final ostonasidagi raqibi yaponiyalik Yosuki Vatanuki bo‘ladi. Turnirda 13-raqam ostida tasniflangan yapon tennischisi uchinchi davrada musobaqaning ikkinchi raketkasi serbiyalik Miomir Kezmanovichni bahslardan chiqarib yubordi.
Jo‘rabek ilk davrada AQSh vakili Ezikel Klarkni 6:1, 6:3, ikkinchi bosqichda gonkonglik Entoni Tangni 6:4, 6:4 hisobida taslim etgandi. Jo‘rabek Karimov o‘tgan yilgi Avstraliya Ochiq chempionatida yarim finalga qadar yetib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu turnirda ishtirok etayotgan yana bir o‘zbekistonlik tennischi Humoyun Sultonov 2-davrada musobaqalardan chiqib ketdi.
Izoh (0)