BAAning “Al Jazira” hamda Qatarning “Al Sadd” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni FIFA hakami Ravshan Ermatov boshqarib boradi, deya xabar bermoqda “Olamsport”.
Unga qanotlarda Abdulhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam beradi. To‘rtinchi hakam Sherzod Qosimov.
Osiyo chempionlar ligasining pley-off bosqichidan o‘rin olgan ushbu o‘yin 9-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. “Al Sadd” tarkibida ispaniyalik mashhur futbolchi Xavi to‘p suradi. Ushbu juftlik g‘olibi OChL guruh bosqichida “Paxtakor” bilan birga C guruhidan o‘rin oladi.
Izoh (0)