Tayvanda o‘tgan hafta, 23—24-yanvar kunlari kuzatilgan kuchli sovuq oqibatida kamida 85 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Focus Taiwan xabar qilmoqda.
Qurbonlarning 35 nafari orolning shimolidagi Taoyuan uyezdida halok bo‘lgan bo‘lsa, yana 31 kishi 24-yanvar kuni havo harorati +4 darajagacha tushib ketgan Tayvan poytaxti Taybeyda vafot etgan.
Ta’kidlanishicha, bu kabi past ko‘rsatkichli harorat hududda so‘nggi 43 yilda ilk bor kuzatilmoqda.
Shuningdek, Gaosyun shahrida 65 yoshdan 93 yoshgacha bo‘lgan odamlarning 16 nafari halok bo‘lgan.
Tayvan shifokorlari aholiga iloji boricha ko‘chaga chiqmaslikni tavsiya qilmoqda.
Izoh (0)