O‘zbekistonning barcha hududlarida 26-yanvar, seshanba kuni yog‘ingarchilik kuzatiladi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Ma’lumot berishlaricha, 26-yanvar kunlari Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Toshkent shahrida yomg‘ir yog‘adi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim joylarida, shuningdek, O‘zbekistonning tog‘li hududlarida yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida esa 26-yanvar kuni kechga tomon yomg‘ir yog‘adi.
26-yanvarga o‘tar kechasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida -3 darajagacha sovuq bo‘ladi. Toshkent shahrida +3...+5 daraja, Buxoro va Navoiy viloyatlarida +2...+7 daraja, qolgan hududlarda havo harorati +5 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.
26-yanvar kuni kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +2 darajagacha, tog‘li hududlarda +5 darajagacha, Buxoro va Navoiy viloyatlarida +10 darajagacha, Toshkent shahrida +12 darajagacha, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida +15 darajagacha, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida +16 darajagacha iliq bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning tog‘ oldi hududlarida 26—29-yanvar kunlari sel kelishi, tog‘li hududlarida esa 26—31-yanvar kunlari qor ko‘chishi xavfi bor.
Izoh (0)