“Real”ning prezidenti Florentino Peres “Barselona” hujumchisi Neymar uchun uning shartnomasida belgilangan 190 million yervoni to‘lashga tayyor. Bu haqda “Chempionat” xabar beradi.
Bu kabi yirik shartnomani amalga oshirish uchun madridliklar braziliyalik futbol yulduzini yuqori maosh va jamoadagi alohida maqom bilan jalb etib, qat’iy muzokaralar olib borishiga to‘g‘ri keladi. Agar ushbu bitim amalga oshsa, “Qirollik klubi” hozirgi hujumchilar uchligi: Krishtianu Ronaldu, Garet Beyl yoki Karim Benzemadan biri bilan xayrlashishi mumkin.
Peres klub rahbariyati faoliyatiga nisbatan norozilik bildirayotgan “Real” muxlislarining talablariga javob berish uchun yangi dongdor transferga muhtoj. Neymar esa buning uchun ideal variant bo‘lib hisoblanadi.
Izoh (0)