Saudiya Arabistoni oliy muftiysi Abdulaziz ibn Abdulloh Al ash-Shayx televizion shou efirida mamlakat fuqarolariga shaxmat o‘ynashni taqiqladi, deb yozadi “Nur.kz”. Uning aytishicha, bu o‘yin islomga zid.
“Shaxmat qimor o‘yinlari ro‘yxatiga kiritilgan, u vaqt va pulni bekorga sarflashdir, shuningdek, o‘yinchilar orasidagi nafrat va dushmanlik sababidir”, — dedi ash-Shayx.
Shuningdek, mamlakat muftiysi ta’kidlashicha, Qur’on spirtli ichimliklar ichishni, qimor o‘yinlarini o‘ynashni, butparastlikni va folni taqiqlaydi.
Izoh (0)