Moskvadagi birja savdolari chog‘ida dollar kursi 1998-yilgi inqiroz davridan beri qayd etilgan mutlaq yangi rekordni o‘rnatdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Savdolar chog‘ida dollar kursi 80,179 rublga yetgan, bu bir kun avvalgi savdolarning yopilish chog‘idagi kursdan 1,618 rublga ko‘p.
Yevro kursi ham rublga nisbatan o‘sishda davom etmoqda. Savdolar chog‘ida Yevropa valyutasi 1,95 rublga o‘sib, 87,67 rublga yetgan.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin rublning qadrsizlanishi “yangi imkoniyatlar” eshigini ochishini ta’kidlagan edi.
Izoh (0)