O‘zbekistonning birinchi raketkasi, ATP reytingida 59-o‘rinda tasniflangan Denis Istomin “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionatining ilk davrasidayoq mag‘lub bo‘ldi. Bu haqda “Sports.uz” xabar qilmoqda.
Melburndagi turnirning 1-davrasida o‘zbekistonlik tennischiga musobaqa mezboni Bernard Tomich qarshilik ko‘rsatdi. Uch soat davom etgan mazkur bellashuvda Denis Istomin 7:6, 4:6, 4:6, 4:6 hisobida raqibiga imkoniyatni boy berdi.
Ta’kidlash kerakki, Denis Istomin yangi mavsumda qatorasiga uchinchi turnirning birinchi davrasidan o‘ta olmadi. Oldinroq Denis Avstraliyaning Brisben va Sidney shaharlaridagi musobaqalarda 1-davrada mag‘lub bo‘lgan edi.
Izoh (0)