Eron prezidenti Hasan Ruhoniy kelgusi haftada Italiya va Fransiyaga boradi. Yevropaga safar mamlakat rahbari uchun xalqaro sanksiyalar bekor qilinganidan so‘ng birinchi tashrif bo‘ladi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Diplomatik manbalarga ko‘ra, Ruhoniy 25—26-yanvar kunlari Italiyada bo‘ladi, 27-yanvar kuni esa Fransiyaga keladi. U Italiyaga safarining birinchi kuni mamlakat prezidenti, bosh vazir va yetakchi tadbirkorlar bilan ko‘rishadi. Ikkinchi kuni esa Ruhoniyning Rim papasi Fransisk bilan uchrashuvi ko‘zda tutilgan.
Eron prezidentining Italiya, Vatikan va Fransiyaga tashrifi aslida o‘tgan yil noyabriga mo‘ljallangan, biroq Fransiyadagi teraktlar sababli qoldirilgandi.
Izoh (0)