AQSh prezidenti Barak Obama sud hukmiga ko‘ra Amerika qamoqxonalarida jazo muddatini o‘tayotgan uch nafar Eron fuqarosini afv etdi, deya xabar bermoqda “Vedomosti” mahbuslar advokatiga tayanib.
Avvalroq Vashington Tehron bilan qo‘sh fuqarolikka ega bo‘lgan mahbuslarni ayirboshlash haqida kelishuvga erishilganini ma’lum qilgan edi. Unga muvofiq, Eron turmalaridan to‘rt nafar Amerika fuqarosi ozod etilishi, buning evaziga AQSh Eronga Amerika hukumati tomonidan hibsda saqlanayotgan yetti nafar eronlikni topshirishi kerak.
Keyinroq Tehron Amerika fuqaroligiga ega to‘rt nafar mahbusni ozod etishga rozi bo‘lgan edi. Shu bilan birga, kelishuvda ko‘zda tutilmagan beshinchi amerikalik ham Eron qamoqxonasidan chiqariladigan bo‘ldi.
Izoh (0)