16-yanvar kuni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionati guruh bosqichidagi ikkinchi o‘yinda Iroq termasiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur o‘yinni ummonlik hakam Ahmad Abu Bakar Said Al Kaf boshqarib boradigan bo‘ldi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
Unga yon chiziqlarda ummonlik Abu Bakar Salim Mahad Al-Amri va yaponiyalik Xaruxiro Otsuka yordam beradi.
To‘rtinchi hakam vazifasini yaponiyalik Ryuji Sato bajaradi.
Eslatib o‘tamiz, turnirning birinchi turida O‘zbekiston 1:2 hisobida Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy bergan. Iroq esa Yaman ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozongan.
Izoh (0)