Syerra-Leone rasmiylari Ebola bezgagi bilan kasallangan bemorning vafot etganligini tasdiqladi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni-saqlash vazirligi bergan ma’lumotlarga asosan “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Syerra-Leone hukumati 2015-yil 7-noyabrda halokatli kasallikning tarqalishi to‘xtaganligini bayon qilgan edi. Shundan keyin malakatda 90 kun muddatga vaziyatni tibbiy kuzatib borish e’lon qilingan.
14-yanvar, payshanba kuni Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili G‘arbiy Afrikada Ebola epidemiyasining tugaganligini e’lon qilib, kuzatuvlarni davom ettirish lozimligini bildirdi.
Izoh (0)