Rossiyalik olimlar Amerika kosmik agentligi (NASA)ning yangi tashkil etilgan Asteroid va boshqa tahdidlardan sayyorani himoya qilishni muvofiqlashtirish bo‘limi bilan hamkorlik qilmoqchi. Bu haqda Rossiya fanlar akademiyasi Astronomiya instituti direktori Boris Shustov ma’lum qildi, deb xabar beradi “Hi-Tech Mail.ru”.
Shustovning ta’kidlashicha, fazoviy tahdidlar muammosini hal qilish uchun xalqaro kooperatsiya katta ahamiyatga ega.
AQSh allaqachon Yerni kosmosdan bo‘ladigan tahdidlardan himoya qiluvchi alohida bo‘linma tashkil qilgan. Rossiyalik olimlar ham shunday bo‘linmani yaratishni rejalashtirmoqda.
Shustovning qo‘shimcha qilishicha, rossiyalik tadqiqotchilar asteroidlarni kuzatuvchi IAWN dasturida va Fazoviy missiyalarni rejalashtirish bo‘yicha maslahat guruhi ishida ishtirok etib kelmoqda.
Izoh (0)