Pxenyanda bo‘lib o‘tgan Koreya Mehnat partiyasi yig‘ilishida KXDR yetakchisi Kim Chen In vodorod bombasi sinoviga hissa qo‘shgan olimlar, texnologlar va ishchilarga mukofotlarni topshirdi. Uning bildirishicha, “ushbu hodisa natijasida KXDR yetakchi yadro davlatlari safiga kirgan”. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
AQShni sanksiyalar joriy etgani va Koreya yarimoroliga yangi strategik qurollarni jo‘natishga qaror qilgani uchun tanqid ostiga olgan Kim Chen In “o‘tkazilgan sinov amerikalik imperialistlar va ularning ittifoqdoshlari yuragiga qo‘rquv solgani”ni ta’kidlagan. Davlat rahbari “orttirilgan tajriba asosida kelajakda yanada kuchli vodorod bombalarini sinovdan o‘tkazib, butun dunyoga KXDR qudratini namoyish etish”ga chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Shimoliy Koreya vodorod bombali jangovar kallaklar bilan qurollanganini e’lon qilgandi.
Izoh (0)