Taniqli FIFA referisi Ravshan Ermatov qaysi futbol jamoasiga muxlislik qilishini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda RedPen.
“‘Qaysi jamoaga muxlislik qilasiz, ‘Real’gami, ‘Barsa’ga?’, deb tez-tez so‘rab turishadi. Men O‘zbekiston milliy terma jamoasidan boshqa hech bir jamoaga ishqibozlik qilmayman. Olimpiya termasi bo‘ladimi, yoshlar yoki o‘smirlar — farqi yo‘q, O‘zbekistonning barcha terma jamoalariga ishqibozlik qilaman”, — dedi Ravshan Ermatov.
Ermatovning so‘zlariga ko‘ra, u nafaqat futbol bo‘yicha, balki boshqa sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston jamoalari va o‘zbekistonlik sportchilarga ham muxlislik qiladi.
“Milliy terma jamoa libosini kiyish va o‘z Vataning sha’nini himoya qilib, maydonga chiqish — katta sharaf. Musobaqalarda qatnashayotgan sportchilarimiz ularga xalq umid bilan qarab turganini yodda saqlashi va ularning ishtiroki butun bir mamlakatning kayfiyatiga ta’sir qilishini his qilishlari shart”, — deya qo‘shimcha qildi Ravshan Ermatov.
Izoh (0)