Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Istanbulning tarixiy markazidagi Sultonahmet maydonidagi portlashni suriyalik xudkush terrorchi tomonidan amalga oshirilgan terakt deb atadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Istanbul markazida, Moviy masjid yaqinida yuz bergan kuchli portlash o‘n kishini hayotdan olib ketdi, 15 kishi yaralandi. Halok bo‘lganlar orasida chet el fuqarolari ham bor. Sababi portlash vaqtida tramvay bekati yaqinida sayyohlar guruhi ham bo‘lgan.
“Sultonahmet maydonida suriyalik xudkush terrorchi tomonidan amalga oshirilgan teraktni qat’iy qoralayman. Bizda hozircha o‘n kishi halok bo‘lgan, ular orasida Turkiya va chet el fuqarolari ham bor, 15 kishi yaralangan”, — dedi Erdo‘g‘on Anqaradagi chiqishida.
Izoh (0)