Rossiyaning Belgorod shahridagi 2-kasalxona bosh shifokori Vladimir Lutsenko lavozimidan ozod etildi. Mazkur shifoxonada Yangi yil arafasida jarroh Ilya Zelendinov bemorni do‘pposlab, o‘ldirib qo‘ygandi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Belgorod viloyati hukumati matbuot xizmatining bildirishicha, Lutsenko boshqargan kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha qonunchilikka rioya etilishi, mehnat qonunchiligi talablarining bajarilishi tekshirilmoqda.
Hozirda lavozimidan ozod etilgan bosh shifokor Vladimir Lutsenko Zelendinov oldinroq ma’muriy jazolarga tortilmaganini aytib, unga “bilimli, intizomli va topshiriqlarni vaqtida bajaradigan shifokor”, deya ta’rif bergandi.
Eslatib o‘tamiz, 57 yoshli bemor Yevgeniy Vaxtinni o‘ldirib qo‘yishda ayblanayotgan Ilya Zelendinov hodisa yuz bergan kunning ertasiga, 30-dekabrda ishdan bo‘shatilgan. Undan hech qayoqqa ketmaslik haqida tilxat olingan.
Izoh (0)