Neftning Brent markasi narxi Londonning ICE birjasida barreliga 33 dollardan tushib ketdi. Bu haqda Meduza xabar beradi.
Toshkent vaqti bo‘yicha 12:15 da Brent barreliga 32,58 dollardan savdo qilindi. Bu esa bundan avvalgi savdolarning yopilishidagi narxdan 2,9 foizga arzondir.
Amerikaning WTI nefti barreliga 32,34 dollardan savdo qilinmoqda. Bu bir kun avvalgi narxdan 2,5 foizga pastroqdir.
Neftning dunyo bozoridagi narxining arzonlashuvi 2015-yilning oxirida tezlashdi va oxirgi yetti yildagi minimumni yangiladi.
Izoh (0)