KXDR yetakchisi Kim Chen In vodorod bombasini muvaffaqiyatli ravishda sinovdan o‘tkazishga hissa qo‘shgan olimlar, texnolog muhandislar va ishchilarga minnatdorlik bildirdi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Ular bilan uchrashuvda Koreya Mehnat partiyasi birinchi kotibi va Davlat mudofaa qo‘mitasi birinchi raisi, shuningdek, ular “o‘z kuchlariga tayanish tamoyiliga asoslangan holda o‘z-o‘zini mudofaa qilish maqsadidagi daf qilish yadro kuchlarini mustahkamlash yo‘lidagi ilmiy tadqiqotlarda yanada ko‘proq muvaffaqiyatlarga erishishi”ga ishonch bildirdi.
Kim Chen In mamnunligini bildirish maqsadida ular bilan Pxenyanda Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi binosida suratga tushdi.
Eslatib o‘tamiz, 6-yanvar kuni Shimoliy Koreya markaziy televideniyesi KXDR mamlakat shimoli-sharqida vodorod bombasini muvaffaqiyatli tarzda sinovdan o‘tkazganini xabar qildi.
Keyinroq Shimoliy Koreya o‘zini yadro quroliga ega mamlakatlar klubiga qo‘shdi, biroq uni birinchi bo‘lib qo‘llamasligini ma’lum qildi.
Izoh (0)