Ispaniya malikasi Kristina mamlakat tarixidagi sud oldida javob beradigan qirollik oilasining ilk vakili bo‘ladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Qirol Felipening singlisi soliq to‘lashdan qochish va davlat mablag‘ini o‘marishda ayblanmoqda. Tergov taxminiga ko‘ra, u turmush o‘rtog‘i Inyaki Urdangarin bilan birga til biriktirib, harakat qilgan. Mazkur ish bo‘yicha o‘z aybini tan olmayotgan yana 16 kishi ham so‘roq qilinmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Urdangaringa qarashli notijorat kompaniyasi mintaqaviy ma’muriyatlarning xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tanlovlarida yuqori narxlar bilan g‘olib chiqqan. Shundan so‘ng ortiqcha mablag‘ tovlamachilik ishtirokchilari hisob raqamlariga o‘tkazib berilgan. Urdangarin Noos instituti davlat budjetidan 5,6 million yevro olgani aytilmoqda.
Tergov malika Kristinani Noos xayriya sport fondi vasiylik kengashi a’zosi va Aizoon ko‘chmas mulk savdosi kompaniyasi egalaridan biri sifatida ushbu jinoiy xatti-harakatlarga yordam berganlikda gumon qilmoqda.
Izoh (0)