Saudiya Arabistonining Erondagi diplomatik vakolatxonalariga nisbatan hujum uyushtirilganligi sababli Kuvayt hukumati Erondagi elchisini chaqirib olmoqda. Bu haqda Associated Press agentligi bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirligi 2-yanvar kuni terrorizm va fitna uchun sudlangan 47 kishi, shu jumladan, shialar xatibi Nimr an-Nimrga nisbatan o‘lim hukmi ijro etilganini e’lon qilgan edi. Shundan so‘ng Tehronda namoyishchilar Saudiya Arabistoni elchixonasiga hujum qildi.
Natijada Saudiya Arabistoni Eron bilan diplomatik aloqalarni uzib, davlatlar o‘rtasidagi aviaqatnov va ikki tomonlama savdo aloqalarini to‘xtatishini, fuqarolariga ushbu mamlakatga borishni man qilgan.
Shuningdek, Sudan va Bahrayn rasmiylari ham Eron bilan diplomatik aloqalar to‘xtatilganini e’lon qilgan edi.
Izoh (0)