AQShning Jorjiya shtati Atlanta shahri yaqinidagi motelda 11 nafar bola va bir ayol garovga olindi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Taxminlarga ko‘ra, ularning barchasini bir kishi garovga olgan. Qayd etishlaricha, garovga olinganlar orasida uch oylikdan tortib 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar bor.
Garovga olingan ayol 911 xizmatiga qo‘ng‘iroq qilishga muvaffaq bo‘lgan. NBC News xabariga ko‘ra, hodisa joyida maxsus xizmatlar, politsiya va qutqaruvchilar ish olib bormoqda.
Izoh (0)