O‘zbekiston Markaziy banki 2016-yil 5-yanvardan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2816 so‘m 47 tiyin etib belgilandi. Bu 2015-yilda o‘rnatilgan so‘nggi (29-dekabrdagi) kursga nisbatan 6 so‘m 49 tiyinga ko‘p.
5-yanvardan e’tiboran 1 yevro qiymati 3087 so‘m 69 tiyin (2015-yil 29-dekabrdagi kursga nisbatan 13 so‘m 50 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli esa 38 so‘m 62 tiyin (2015-yil 29-dekabrdagi kursga nisbatan 1 so‘m 37 tiyinga arzon) etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Izoh (0)