Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi Turkmaniston gazini xarid qilishdan bosh tortdi. Bu haqda “Turkmangaz” davlat konserni matbuot xizmati ma’lum qilgan, deya xabar beradi “Izvestiya”.
Matbuot xizmatining izoh berishicha, mazkur qarorga xalqaro gaz bozoridagi vaziyatning o‘zgargani, shuningdek, “Gazprom eksport”da paydo bo‘lgan moliyaviy muammolar sabab bo‘lgan.
Turkmaniston tomoni Rossiya kompaniyasi bilan muzokaralar olib borishga tayyorligini bildirgan. O‘tgan yil iyunida “Gazprom” shartnomaviy narxlar ko‘rib chiqilishini talab qilib, Stokgolmdagi arbitraj sudida “Turkmangaz”ga qarshi da’vo qo‘zg‘agandi.
Izoh (0)