O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigini yo‘lladi. Tabrik matni O‘zMTRK telekanallari orqali, Yangi — 2016-yil kirib kelishi arafasida o‘qib eshittirildi.
O‘zbekiston xalqini bayram bilan qutlar ekan, Prezident Islom Karimov barchaga sihat-salomatlik, tinchlik-omonlik, xonadonlarga xotirjamlik va farovonlik, har bir ezgu, pok niyatlar ro‘yobini tiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2016-yil O‘zbekistonda “Sog‘lom ona va bola yili” deb e’lon qilingan.