Qutqaruvchilar Xitoyning Shandun viloyatidagi shaxtada yuz bergan o‘pirilishdan so‘ng omon qolgan 8 kishini topdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
O‘pirilish 25-dekabr, juma kuni tongda Pini uyezdidagi gips shaxtasida sodir bo‘lgan. Yer ostida bu payt kamida 30 ga yaqin kishi bo‘lgan. Qutqaruvchilar 11 kishini chiqarib olgan, bir kishi hayotdan ko‘z yumgan.
Mahalliy rasmiylar hodisa yuz bergan shaxta egasi o‘z joniga qasd qilganini bildirmoqda.
Izoh (0)