Dog‘istonning Derbent shahrida 30-dekabr, chorshanbaga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar guruhi shaharning tog‘li hududida joylashgan Narin Qal’aga tashrif buyurganlarga qarata o‘t ochdi. Bu haqda “RBK” xabar beradi.
Hujum oqibatida 11 kishi yaralandi, yana bir kishi jarohatlanish natijasida shifoxonada halok bo‘ldi. Huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillarining ma’lum qilishicha, otishma qal’aga tutash o‘rmon hududidan amalga oshirilgan.
Hujum natijasida jabrlanganlar sayyohlar emas, harbiylar bo‘lganligi ma’lum qilinmoqda. Halok bo‘lgan kishi esa chegarachi bo‘lgan.
Dog‘iston rahbari Ramazan Abdulatipov qal’aga tashrif buyurganlarga jangarilar tomonidan o‘t ochilgan deb taxmin qilmoqda.
Izoh (0)