Jahonning eng badavlat 400 odami 2015-yilda xomashyo tovarlarining narxi tushishi, shuningdek, Xitoyning iqtisodiy o‘sish sur’atlari pasayishi belgilari ta’sirida umumiy hisobda 19 milliard dollar yo‘qotdi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.
Agentlikning qayd etishicha, milliarderlar reytingida 2012-yildan biri birinchi marta pasayish qayd etildi — so‘nggi uch yildan beri badavlatlar soni ham, ularning boyligi miqdori ham muttasil o‘sib borayotgan edi.
“Neftga bo‘lgan taklifning talabdan oshib ketgani, iste’mol xarajatlarining sustligi, Xitoyda boshlangan iqtisodiy tushkunlik — bularning bari investorlarni qo‘rqitib qo‘ydi”, — dedi amerikalik milliarder Ken Fisher. Fisher Investments’ning asoschisi hisoblangan Fisher 65 milliard dollardan ortiq boylikka ega.
2015 -yil 28-dekabr holatiga ko‘ra, jahonning eng badavlat 400 odami umumiy hisobda 3,9 trillion dollarlik mablag‘ga ega — bu (AQSh, Xitoy va Yaponiyani hisobga olmaganda) jahonning istalgan davlati yalpi ichki mahsuloti hajmidan ko‘proq.
Boylar reytingida, o‘tgan yildagi kabi, Microsoft asoschisi Bill Geyts yetakchilik qilmoqda. Uning davlati 83,6 milliard dollarga baholanmoqda. Biroq, qayd etish joiz, Geyts so‘nggi bir yil ichida 3 milliard dollarga “kambag‘allashdi”.
Izoh (0)