Sport ishlari bo‘yicha ma’muriy sud (TAD) “Real”ni Ispaniya kubogidan chetlatish masalasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda “Sports.ru” xabar qilmoqda.
TAD Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasining apellyatsiya qo‘mitasi va Musobaqa uyushtirish bo‘yicha qo‘mitaning qarorlari bilan rozi bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu idoralar “Real”ning foydasiga qaror qabul qilmagan. Bundan tashqari TAD Madrid klubining vajlarini inobatga olmadi. O‘z navbatida, klub o‘zini bellashuvdan chetlatilishi holati bo‘yicha e’tiroz qilib, fuqarolik sudlariga murojaat qilish huquqiga ega.
Eslatib o‘tamiz, “Real” jamoasi Ispaniya Kubogining 2015/16-yilgi mavsumidan chetlatilgan edi.
Izoh (0)