26-dekabr, shanba kuni 00:16 da Toshkentda kuchsiz, biroq davomli — bir daqiqadan ko‘proq — zilzila sezildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”. Aholi qisqa tanaffusli ikkita yer silkinishini his qildi.
“Toshkent” seysmostansiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, yerosti silkinishlari kuchi O‘zbekiston poytaxtida 3 ballni, Farg‘onada — 5 ball, Samarqandda — 3,5 ball, Jizzaxda — 3 ball, Surxondaryo viloyatida — qariyb 3 ball, Gazlida 2 ballni tashkil etdi.
Zilzila epitsentri Toshkentdan 527 km narida Afg‘onistondagi Hindikush tog‘larida joylashdi. Epitsentrda zilzila magnitudasi 6,3 ga teng bo‘ldi.
Izoh (0)