Tatariston muftiysi Komil Samigullin Rossiyaning yangi oliy muftiysi etib tayinlandi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
“Komil hazrat oliy muftiy etib tayinlandi va bu farmon Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi plenumi tomonidan tasdiqlandi”, — dedi avval ushbu lavozimni egallagan Talgat Tajuddin.
“Biz uni Rossiya musulmonlari oliy muftiysi deb qabul qilamiz. U fatvo chiqarish, diniy o‘quv muassasalaridagi ta’lim dasturlarini tayyorlash va nazorat qilish, shuningdek, adabiyotlarni nashr etish va ularni ekstremizmga aloqadorligini tekshirish uchun javobgar bo‘ladi”, — deb aniqlik kiritdi Tajuddin.
Izoh (0)